+998 (90) 347-52-22

М Е Н Ю

FacebookInstagramTelegram
+998 (90) 347-52-22+998 (90) 986-21-22
Bosh sahifa Kompaniya haqida

Kompaniya haqida

Tiger textile

MChJ “Tiger Textile”trikotaj mahsulotlarini tikishga asoslangan ishlab chiqarish korxonasi bo'lib, 2008 yilda Toshkentda tashkil topgan. Bolalar trikotaj mahsulotlari "Tiger" brendi ostida, ayollar va erkaklar trikotaj mahsulotlari Rossiya bozorida o'zini taqdim etgan "SoloWay" brendi ostida ishlab chiqariladi. Shuningdek, yevropaning yetakchi firmalari bilan raqobatlasha oladi.

MChJ“Tiger Textile”zavodining Toshkent shahrida egallagan maydoni 2400 m2, asosiy ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarning umumiy maydoni esa 2000 m2 ni tashkil qiladi. Bu yerda 150 dan ortiq ishchilar ishlaydi. Keyinchalik Namangan viloyatidagi filial ochilgan. Namangan shahridagi fabrikaning maydoni 1000 м2 ni tashkil qiladi. Fabrika shtat birligida 95 ishchi ishlaydi. Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishi mijozlar buyurtmasiga ko‘ra bolalar, erkaklar va ayollar trikotaj kiyimlarini ishlab chiqarish va tikishdir. Biz ishlab chiqarishda 100% paxtadan bo'lgan tabiiy materiallardan va uzoq muddat xizmat qiluvchi sifat darajasiga erishish uchun elastan va poliestrdan foydalanamiz. Mahsulotlarimizni bezash uchun Turkiyada ishlab chiqarilgan aksessuarlardan foydalanamiz. Zavod jahon ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan.

-  Mahsulotni tikishda turli funksiyalarni bajarishga imkon yaratuvchi tikuv mashinalari.
-  Mijozning buyurtmasiga ko'ra trikotaj mahsulotlarga turli dizayn va logotiplarni qo'llash uchun MXM bosma uskunasi.
- Mijozlar namunalariga ko'ra har qanday murakkablik va o'lchamdagi dizaynlarni tikish imkonini beradigan kashta tikish uskunalari.
- Bizning modelyer dizaynerlarimiz Gerber modellashtirish dasturi bilan ishlaydilar, bu bizga mahsulotimiz uchun yuqori sifatli naqshlar ishlab chiqarish imkonini beradi.


Xom ashyoni qabul qilishdan tortib, tayyor mahsulotni qadoqlashgacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish jarayoni korxonamizda faoliyat yuritayotgan Turkiyadan kelgan mutaxassislarning qattiq nazorati ostida. Bizning modelyer dizaynerlarimiz doimiy ravishda modellar assortimentini kengaytirish ustida ishlashadi. Bizning tovarlarimiz jahon standartlariga javob beradi

Tiger Textile bilan hamkorlik

P A R T N E R S

Biz turli sohalardagi ulgurji xaridorlar va mijozlar bilan hamkorlik qilish uchun doim tayyormiz. Har bir hamkor uchun individual yondashuv va moslashuvchan sharoitlar taklif qilamiz.

Hamkorlik taklifi→

Bizga ishonishadi

Партнер 6
Партнер 5
Партнер 4
Партнер 3
Партнер 2
Партнер 1